19:34 / 09.11.2015
3742

Sardor Rashidov milliy terma jamoa ixtiyoriga yetib kelib, mashg‘ulotlarga kirishdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 noyabr kuni Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi H guruhi 7-tur o‘yinlari doirasida KXDR termasiga qarshi bahs yuritadi.

Ayni kunlarda Samvel Babayan ustozligidagi bosh jamoa Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda. Yig‘inning dastlabki to‘rt kunida asosan milliy chempionatda to‘p surayotgan futbolchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgan, terma jamoa ixtiyoriga legionerlardan faqat Azizbek Haydarov, Anzur Ismoilov, Server Jyeparov va Fozil Musayev yetib kelishgan edi.

Sports.uz nashrining ma'lum qilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi bugundan to‘liq tarkib bilan mashg‘ulot o‘tkazadi. Qatarning “Al Jayish” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Sardor Rashidov ham 8 noyabr kuni bosh jamoa qarorgohiga yetib keldi va bugundan mashg‘ulotlarga qo‘shildi.

Ta'kidlab o‘tish kerakki, Sardor Rashidov Qatar Yulduzlar Ligasining 8-tur o‘yinida “Al Mesaimer” klubi darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi va terma jamoa ixtiyoriga yaxshi kayfiyatda yetib keldi.

Top