07:39 / 09.11.2015
3569

Suriyalik harbiylar Dayr-az-Zaurdagi aviabaza yaqinida 58 jangarini yo‘q qildi

Suriya Qurolli kuchlari Suriya sharqida IShIDning 58 nafar jangarisini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlarga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, harbiylar Dayr-az-Zaur yaqinidagi aviabazaga jangarilarning hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘lganlar. Jangarilar bundan avvalroq ham aviabazani egallab olmoqchi bo‘lgan.

Jangarilar, shuningdek, Suriya va Iroq chegarasidagi shaharlarga ham bir qator hujumlar uyushtirgan.

Top