12:16 / 09.11.2015
2730

Telegraph: Kemeron YeI tarkibidan chiqish Buyuk Britaniya milliy xavfsizligiga tahdid solishi mumkin deb hisoblaydi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronning fikricha, mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi “nafaqat ish o‘rinlari va savdo, balki milliy xavfsizlik masalasi hamdir”. Uning so‘zlarini The Telegraph nashri keltirdi.

Kemeron IYedan chiqish borasidagi referendum o‘tkazilishi arafasida London va Bryussel munosabatlarini o‘zgartirishga yana bir bora harakat qilib ko‘rishini ta'kidladi.
Aytilishicha, bor vazir YeI raisi Donald Tuskka maktub yo‘llab, unda Buyuk Britaniya Yevropa davlatlaridan qanday islohotlar kutayotganini ifodalab beradi.

Xususan, London Yevropaning ayrim qonunlarini taqiqlash, Britaniya savdosiga aralashishning oldini olish imkonini beradigan vakolatlari oshirilishini istamoqda. Shuningdek, u muhojirlarga nafaqalar berilishini taqiqlamoqchi.

Top