08:50 / 10.11.2015
3633

Barak Obama feysbukda o‘z sahifasini ochdi

AQSh prezidenti Barak Obama feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini yuritishni boshladi.

"Salom, feysbuk! Nihoyat menda ham o‘z sahifam bor. Umid qilamanki, bu sahifa mamlakat hayotiga oid muhim masalalar muhokama qilinadigan, jamoat joylarida aytilmaydigan fikrlarim yoziladigan joyga aylanadi", deb yozgan u.

Obama o‘z sahifasiga o‘zining kichik nutqi tasvirga olingan videoni joylashtirgan. Unda prezident iqlim o‘zgarishi masalasi haqida gapirgan.

Obamaning sahifasi hozircha 477 mingdan ortiq foydalanuvchi tomonidan "yoqtirilgan". Uning ilk postiga hozircha 20 mingdan ortiq "layk" bosilgan. Bu post ostida feysbuk asoschisi Mark Tsukerberg ham izoh qoldirib, prezidentni qutlagan.

Top