18:39 / 10.11.2015
5600

Chekish mumkin bo‘lgan dunyodagi ilk smartfon ishlab chiqildi

Elektron sigaretalar ishlab chiqaradigan Vaporcade kompaniyasi smartfon va chilim gidridini ommaga namoyish qildi.

Rasmiy saytida yangi mahsulot haqida bir qator ma'lumotlar taqdim etilgan. Jumladan, mazkur smartfon 4G LTE tarmog‘ini qo‘llaydi, displeyining ekrani esa 5,3 dyum. Chilim-smartfon bozorda 499 dollardan sotilishi xabar qilingan.

Mazkur smartfon tafsilotlari yaqin orada o‘z tasdig‘ini topadi. Rasmiy saytida keltirilishicha, hozircha mahsulot uchun AQSh Aloqa federal komissiyasi (FCC) sertifikati olinmagan va AQShda savdoga chiqarilmaydi.

Eslatma: Chekish sog‘liq uchun xavfli.

Top