22:16 / 10.11.2015
25853

Daniyalik sayyoh tasodifan “muallaq” tosh topib oldi

Daniyalik sayyoh Mogens Eskesen tasodifan “muallaq” turgan tosh topib oldi, deb xabar bermoqda The Local. Eskesen Norvegiyaning Kristiansann shahrida anestezist bo‘lib ishlaydi. Vest-Agder guberniyasining Losland qishlog‘ida aylanib yurganida havoda muallaq turgan ulkan toshga duch keladi.

“Men ilgari bu tosh haqida kimdir gapirgani haqida eshitmagan edim. Balki uni mendan oldin ko‘pchilik ko‘rgandir, ammo uning suratlarini shu vaqtgacha ko‘rganim yo‘q edi”, – deb gapirib berdi nashrga sayyoh. Uning aytishicha tosh necha ming yillardan beri shu holatda turgan.

Nafaqadagi geolog Ule Fritof Frigstadning ta'kidlashicha, Eskesen bu borada haq. Geolog toshning holatini “mo‘'jiza” deb baholagan. “Muzliklar bu yerdan 12 ming yillar muqaddam chekingan. Toshdagi bu holat ana shu muzliklarning erishi natijasida vujudga kelgan”, — deb aytgan u.

Top