11:05 / 10.11.2015
2574

YeI ittifoq tashqarida ham qochqinlarni qabul qilish markazlarini yaratmoqchi

Lyuksemburg tashqi ishlar vaziri Jan Asselborn Yevropa Ittifoqi ma'muriyati ittifoq tarkibiga kirmagan Bolqon davlatlari hududida ham qochqinlarni ro‘yxatga olish va saqlash markazlarini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqayotganini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Biz Bolqon yo‘lida, yangi markazlarda ishlashi mumkin bo‘lgan konsepsiyani ko‘rib chiqmoqda, - dedi Asselborn. – Bu konsepsiya o‘rganilishi va aniq belgilab olinishi lozim. Ammo bunday markazlar yo‘l davomida muhojirlarni qabul qilib, boshpana so‘rash jarayonini boshlab berishi mumkin.

G‘oya shundaki, oqimlarni biroz sekinlashtirib, biz duch kelayotgan qiyinchiliklarni biroz yengillashtirish, shuningdek, muhojirlar miqdorini nazorat qilish hamda ularning shaxsini tekshirish ishlarini takomillashtirish zarur”.
U bunday markazlar Turkiyada tashkil qilinmasligini alohida qayd qildi.

Top