19:57 / 10.11.2015
4106

Eronda 40 dan ko‘proq jangari qo‘lga olindi

Eron huquq-tartibot muassasalari 40 dan ortiq jangarini qo‘lga oldi, ulardan yarmi Iroq va Suriyaga bormoqchi bo‘lgan, deb xabar bermoqda Eron razvedkasi vaziri Said Mahmud Alaviyga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Alaviy taqdim qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, hibsga olishlar Eronning shimoliy viloyatlari Guliston va Mazindiran, janubiy viloyati Xuziston hamda sharqiy viloyatlari Siston va Balujistonda o‘tgan.

“Hibsga olinganlar mintaqadagi kam rivojlangan mamlakatlardan kelgan yollanma jangarilardir”, deb aytdi Alaviy.

Ma'lumotlarga ko‘ra, IShID jangarilarining miqdori 2015 yilning yarmida 80 mingga yaqinni tashkil qilgan, ulardan 50 mingi Suriyada va 30 mingi Iroqda harakat qilmoqda. Bu miqdor ba'zi davlatlarning harbiylari soniga tengdir. Jangarilar orasida 30 mingga yaqin xorijiy jangaribor. Ulardan ko‘pchiligi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan kelgan.

Top