16:06 / 10.11.2015
9533

IShID terrorchisi hujumi oqibatida "Tolibon" qo‘mondonlaridan biri halok bo‘ldi

Afg‘onistonda terrorchi-hudkush hujumi tufayli "Tolibon" tashkiloti harbiy boshliqlaridan biri halok bo‘ldi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, bu hodisa Zobul viloyati hududida IShID a'zosi bo‘lgan jangari tomonidan amalga oshirilgan. Ushbu jangari "Tolibon" jangarilari qarorgohida o‘zini portlatishi oqibatida toliblarning katta ta'sirga ega yo‘lboshchilaridan biri Mulla Pir Agha halok bo‘lgan, yana bir harbiy boshliq Mulla Mati jiddiy jarohat olgan. Mulla Mati viloyatning "ko‘rinmas norasmiy gubernatori" hisoblanar edi.

Ushbu hodisa IShID tomonidan tolibonlarga qarshi uyushtirilgan ilk terakt sifatida baholandi.

Top