18:09 / 10.11.2015
3359

Kemeron YeIni davlatlarning ichki ishlariga kamroq aralashishga chaqirdi

Buyuk Britaniya bosh vazir Devid Kemeronning fikricha, Yevropa Ittifoqi uning tarkibidagi mamlakatlarning ichidagi siyosatga kamroq aralashishi kerak. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

“Shuni unutmangki, YeI qit'aning 28 qadimiy xalqidan iborat. Bu xilma-xillik Yevropaning qudratidir. Britaniyaliklar bu faktga qo‘shiladi, lekin biz o‘ylaymizki, muammolarning hal qilinishi YeIning aralashuviga bog‘liq bo‘lib qolmasligi kerak, ko‘pincha YeI qancha kam bo‘lsa, muammo ham shuncha kam bo‘ladi”, - dedi u Londondagi chiqishi chog‘ida.

Kemeron Yevrokomissiya prezidentiga islohotlar paketini yo‘llaydi, qirollikning YeIdan chiqishi bo‘yicha referendum esa 2017 yil oxiriga qadar o‘tkaziladi.

Top