16:42 / 10.11.2015
2799

Malayziya bosh vaziri: hukumat terrorchilarga tutqunlarni ozod qilish uchun pul bermagan

Malayziya hukumati “Abu Sayyof” terrorchi guruhi qo‘liga tushib qolgan fuqaro ayolni ozod qilish uchun jinoyatchilarga hech qanday pul mablag‘lari bermagan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Ahmad Zohid Hamidiy Buyuk Britaniyadagi safari chog‘ida aytib o‘tgan.

“Tutqun ayolni ozod qilish muvaffaqiyatli amalga oshirildi, ammo ekstremistlar bizning yana bir fuqaromizni ushlab turibdi, uning taqdiri bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda”, - uning so‘zlarini keltiradi Bernama agentligi.
Hamidiy ayni paytda IIV rahbari ham hisoblanadi. Uning ishontirishicha, 39 yoshli erkakning ozod qilinishi yaqinda amalga oshiriladi.

Filippinning eng yirik terrorchi guruhlaridan bo‘lgan “Abu Sayyof” IShID bilan bevosita aloqadorlikda faoliyat yuritadi. Ular Janubi-Sharqiy Osiyoning bir nechta davlati hududida xalifalik qurishni asosiy maqsadlari deb e'lon qilgan.

Top