23:57 / 10.11.2015
4704

OAVda Benzemaning “Valbuena ishi” bo‘yicha qilgan suhbati e'lon qilindi

Fransiyaning Europe 1 radiostansiyasi o‘zining rasmiy saytida “Real” hujumisi Karim Benzemaning “Lion” o‘yinichisi Matyo Valbuenaga shantaj qilganlikda gumonlangan, ismi oshkor etilmagan shaxs bilan bo‘lib o‘tgan suhbatini e'lon qildi.

“Men unga, agar istasang, video butunlay yo‘qoladi, buning uchun Lionga, yoningga do‘stim boradi, deb aytdim. Menimcha, Valbuena bularning barini jiddiy qabul qilmayapti. Men unga, senga yordam beraman, faqat o‘sha inson bilan uchrashgin, dedim. Videoning ikkinchi nusxasi yo‘qligi haqida unga so‘z berdim. U videoda tatuirovkalarim ham ko‘ringanmi, deb so‘radi. Barcha narsa ko‘ringan, deb javob qildim unga. Yana shuni qo‘shimcha qildimki, bilganingni qil, hayot seniki. To‘lamas ekansan o‘zingdan ko‘r, men ogohlantirdim”, — deb gaplashgan Benzema suhbatdoshi bilan.

Avvalroq Benzema milliy terma jamoadagi o‘z jamoadoshi Valbuenaga shantaj qilinganlikda ayblangan, futbolchilarning har ikkalasi ham Fransiya terma jamoasi o‘tkazgan o‘rtoqlik uchrashuviga taklif etilmagan edi.

Top