19:17 / 10.11.2015
9422

O‘zbekistonning 46ta tuman va shaharlarida “Kamolot” uylari qurib bitkazildi

O‘zbekistonda 46ta shahar va tuman hududlarida “Kamolot” uylari barpo etilib, yosh oilalarga topshirildi. Bu haqda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi Bahodir G‘aniyev O‘zA muxbiri bilan suhbatda ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu kunlarda Andijon, Buxoro, Kogon, Qarshi, Zarafshon, Yangiyer, Termiz, Quvasoy, Angren, Bekobod, Olmaliq shaharlari, Uychi shaharchasi, Amudaryo, Beruniy, Xo‘jayli, Ellikqal'a, Asaka, Baliqchi, G‘ijduvon, Mirzacho‘l, Paxtakor, G‘allaorol, Muborak, Shahrisabz, Karmana, Qiziltepa, Mingbuloq, To‘raqo‘rg‘on, Jomboy, Ishtixon, Pastdarg‘om, Oqoltin, Sardoba, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Toshloq, Uchko‘prik, Bo‘stonliq, Ohangaron, Gurlan, Xiva, Xonqa, Chilonzor, Sergeli, Uchtepa va Bektemir tumanlari hududida “Kamolot” uylari barpo etilib, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan binolar rekonstruksiya qilinib, yosh oilalarga topshirildi.

“Ayni paytda “Kamolot” uylari uchun hisobga qo‘yish masalasi bilan shug‘ullanuvchi markaziy va hududiy komissiyalar kelib tushgan arizalarni sinchiklab o‘rganmoqda, - dedi B.G‘aniyev o‘z so‘zida. - Maqbul topilgan yoshlarga “Kamolot” uylaridan birini sotib olish uchun maxsus tavsiyanoma berilayotir. Hozirgi kunga qadar 2500 ga yaqin yosh oila ro‘yxatga olinib, ular ana shunday tavsiyanomalarga ega bo‘ldi”.

“Kamolot” YoIH raisining qo‘shimcha qilishicha, “Kamolot” uylarining navbatdagisi yangi – 2016 yil arafasida o‘z egalariga topshiriladi.

Top