14:01 / 10.11.2015
4206

Plutonda birinchi muz vulqonlari topildi

New Horizons apparatidan yangi ma'lumotlar olishda davom etayotgan amerikalik olimlar Pluton mitti sayyorasida kriovulqonlar bor, degan xulosaga kelishdi. Bu haqda Amerika astronomiya jamiyatining 47-an'anaviy yig‘ilishi chog‘ida xabar qilindi.

NASA saytida chop etilgan xabarnomada ta'kidlanishicha, zond tomonidan yuborilgan fotosuratlarda sayyora yuzasi aks etgan bo‘lib, tahlil natijasida u yerda bir necha o‘n km balandlikdagi ikkita tog‘ning cho‘qqisida vulqonga xos o‘yiqlar borligi aniqlangan.

Ammo, kul va erigan lava otadigan oddiy vulqonlardan farqli ravishda, Plutondagi vulqonlar muz, azot, ammiak va metan qorishmasidan iborat muzlab qolgan moddani otgan. Bu gipotezani vulqon yaqinidagi yer yuzasining tarkibini o‘rganish yo‘li bilan tekshirish mumkin.

Top