15:40 / 10.11.2015
9017

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi nonni bo‘laklab sotishga chaqirdi

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Saparxan Omarov nonni kesilgan holda sotishning maqsadga muvofiq bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri sayti orqali xabar qilindi.

“Nonni bo‘laklab sotishga kelsak, bu juda to‘g‘ri bo‘ladi”, - dedi u Ostonadagi non zavodida berilgan matbuot anjumanida.
“Non bo‘laklari nega qolib ketadi? Chunki biz butun nonni olamiz, uyda esa faqat yarmini yeyishga ulguramiz”, - so‘zida davom etdi Omarov.

2016 yilning 1 yanvaridan Qozog‘istonda ijtimoiy non subsidiyalari to‘xtatiladi. Buning natijasida mamlakatda non narxi 1 kg un narxigacha ko‘tarilishi mumkin, ya'ni bitta non taxminan 80-90 tangani tashkil qiladi.

Top