12:50 / 10.11.2015
6774

Rossiya TIV: Yaqin Sharq navbatdagi “qora tuynuk”ni boshdan kechira olmaydi

Yaqin Sharqda hokimiyatni kuch bilan o‘zgartirishga bo‘lgan navbatdagi harakat juda qimmatga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova “Komsomolskaya pravda” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Yana bitta qora tuynuk mintaqaga og‘irlik qilishi mumkin, - ta'kidladi u. – U shunchaki bir nechta gurillab yonayotgan davlatlar to‘plamiga aylanib qolishi, balki butunlay portlab ketishi mumkin. Keyin nima bo‘ladi? IShIDga axir faqat shu kerak. Yana bitta xaos mintaqasi ularga kerak”.

Zaxarova mintaqadagi vaziyat nihoyatda jiddiy tus olayotganini alohida ta'kidlab o‘tdi. Agar kuch bilan hokimiyat o‘zgartirish harakati amalga oshirilsa, bu terrorchilikka qarshi kurash ishiga to‘sqinlik qiladi va Suriya davlatchiligiga yakun yasaydi. Aynan shu tufayli Rossiya Suriya davlat strukturasini saqlab qolishni yoqlab chiqmoqda.
“Bashar Asad taqdirini Suriya xalqi hal qilsin”, - xulosa qildi Zaxarova.

Top