07:23 / 10.11.2015
3163

Serxio Ramos kamida 6 haftaga safdan chiqdi

"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Sevilya"ga qarshi o‘yinda belidan olgan jarohati tufayli jarrohlik stoliga yotqizilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "Sevilya" bilan bo‘lgan o‘yinda Ramos akrobatik uslubda gol urish chog‘ida belidan jarohat olgandi.

Shifokorlarning aytishicha, uning safga qaytish muddati kamida 6 haftagacha cho‘zilishi mumkin.

Qayd etish kerakki, yozgi transferlar vaqtida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Ramos (u ko‘proq maosh taklif qilgan "MYu" safiga o‘tib ketmoqchi bo‘lgandi) oxir-oqibat Madridda qolgan, lekin mavsum boshidan kichik jarohat olgan va aksar o‘yinlarda ishtirok eta olmagandi. U joriy mavsumda o‘tkazilgan 11 turdan 6tasida maydonga tushgan.

Top