22:42 / 10.11.2015
2715

Turkiya bosh vaziri: G20 yetakchilari iqtisodiyot va siyosiy mavzularni muhokama qiladilar

Turkiyada 15-18 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “katta yigirmatalik” (G20) sammitining iqtisodiy ko‘rinishda ekanligiga qaramasdan, unda davlatlar yetakchilari siyosiy masalalarni ham muhokama qilishadi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu aytib o‘tdi.

“G20” iqtisodiy masalalarga asoslangan platforma. Biroq yetakchilar bu uchrashuvda siyosat haqida ham gaplashadilar. Qochqinlar bilan bog‘liq inqirozning gumanitar tashkil etuvchisi muhokama qilinadi. Bu o‘ziga xos vaqtda Turkiyaning boshchiligida o‘tadigan muhim sammit bo‘ladi. Dunyo iqtisodiyoti torayib ketdi, yoshlar o‘rtasida bandlik bilan muammolar mavjud, savdo ko‘rsatkichlari esa kutilgandan past”, deb aytdi Dovudo‘g‘lu.

Top