14:41 / 10.11.2015
3564

Xitoyda 18 ming nafaqaxo‘r jamoaviy raqsga tushdi

O‘tgan dam olish kunlari xitoylik 18 ming nafaqaxo‘r Xebey viloyatidagi Syanxe uyezdida to‘planib, jamoaviy raqs uyushtirdi. Bu haqda Daily Mail nashri yozmoqda.
Ular xit bo‘lgan Little Apple kompozitsiyasiga raqs tushishdi.

Xabar qilinishicha, “Qizil raqs alyansi” bu aksiya bilan bir paytning o‘zida bitta raqsni ijro etgan odamlar soniga ko‘ra yangi jahon rekordini o‘rnata oldi.
Internetda joylashtirilgan videorolikdan ma'lum bo‘lishicha, nafaqaxo‘rlar 100 kishilik qator bo‘lib tizilishgan. Videorolikni yozish uchun raqqoslar Pekinning barcha hududlaridan tashrif buyurishgan.

Noma'lum sabablarga ko‘ra qariyb 18.5 ming raqqosdan 41 nafari diskvalifikatsiya qilingan.
Ilgarigi rekord 2007 yili AQShda o‘rnatilgan bo‘lib, unda 17 ming raqqos Atlantada raqs tushgan edi.

Top