11:48 / 11.11.2015
4650

“Poyedem, poyedim!” ko‘rsatuvi Samarqandga keldi

Rossiyaning NTV telekanali orqali namoyish qilinadigan “Poyedem, poyedim!” ko‘rsatuvi ijodkorlari ayni kunlarda Samarqandda turibdi. Guruhga ko‘rsatuv boshlovchisi Jon Uorren boshchilik qilmoqda.

“Poyedem, poyedim!” guruhi s'yomka guruhi bizning qadimiy shahrimizda bir qator milliy taomlarning pishirilish va mashhur Samarqand nonlarining yopilish jarayonlarini suratga oldi”, - dedi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining Samarqand mintaqaviy bo‘linmasi rahbari Ilhom Suvonov.

36 daqiqali ko‘rsatuvning syujyetlaridan biri shahardagi osh markazlaridan birida suratga olindi. Bu yerda Jon Uorren uch oshpaz o‘rtasida musobaqa uyushtirdi. Ishtirokchilar Hikmat, Bahodir va Baxtiyor oldiga Samarqand oshining turlarini tayyorlash vazifasi qo‘yildi. Hikmat choyxona oshini, Bahodir uy oshini, Baxtiyor esa sitora oshini tayyorladi.

Jon Uorrenning so‘zlariga qaraganda, ko‘rsatuv Yangi yilga yaqinroq efirga uzatiladi.
S'yomka guruhi 11 noyabr kuni Buxoroga yo‘l oladi.
S'yomka ishlari “O‘zbekturizm” ko‘magida “Mega-info-turlar” dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Jon Uorren 2012 yildan buyon “Poyedem, poyedim!” ko‘rsatuviga boshchilik qiladi. U Buyuk Britaniya fuqarosi bo‘lsa ham, 20 yildan buyon Rossiyada yashaydi.

Top