00:28 / 11.11.2015
3306

AQSh “Ash Shabob” guruhi yetakchilari to‘g‘risidagi ma'lumotlar uchun pul mukofotlari e'lon qildi

AQSh “Ash Shabob” terrorchilik guruhi yetakchilari to‘g‘risidagi har bir ma'lumot uchun pul mukofoti e'lon qildi.

Bu haqda AQSh davlat departamenti saytida ma'lum qilingan.

Ma'lumotda qayd etilishicha, AQSh davlat kotibi Jon Kerri Abu Ubaydning turgan joyini ma'lum qilganga 6 mln dollargacha, Maxad Karat, Muallim Dovud va Xasan Afgular to‘g‘risidagi ma'lumot uchun 5 mln dollargacha, Muallim Salmon va Ahmad Imon Ali uchun 3 mln dollargacha pul mukofoti e'lon qilgan.

Top