21:18 / 11.11.2015
2995

Baxtiyor Namozov “Samsung” qit'alararo kubogi finalini boshqardi

O‘zbekistonlik FIFA referisi Baxtiyor Namozov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 2—7 noyabr kunlari plyaj futbol bo‘yicha o‘tkazilgan “Samsung” qit'alararo kubogi musobaqasida ishladi.

Ushbu musobaqada u jami 10 o‘yinda ish olib bordi. Shulardan guruh bosqichidagi ikki o‘yin — Taiti – Eron hamda Portugaliya – Taiti uchrashuvlarida bosh hakam sifatida ish olib borgan.

Yarim final bosqichida esa Namozov Rossiya – Eron uchrashuvida 3-hakam sifatida o‘yinni boshqarishga yordamlashdi.

E'tiborlisi, o‘zbekistonlik hakam ushbu musobaqa final uchrashuvida ham bosh hakamlik qildi. Finalda Rossiya – Taiti jamaoari o‘zaro to‘qnash kelishdi va unda Rossiya 5:2 hisobida g‘alaba qozonib, uchinchi bor plyaj futboi bo‘yicha qit'alararo kubog sohibiga aylandi.

Manba: the-uff.com

Top