Buyuk Britaniya qirolichasi aktyor Benedikt Kamberbetchni Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Aktyor bu ordenga o‘z faoliyatidagi muvaffaqiyat va xayr-saxovati sabab munosib ko‘rilgan.
Kamberbetchning so‘zlariga ko‘ra, u qirolichani ilk bor ko‘rishi va bu uning uchun katta sharaf. Bukingem saroyida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida unga rafiqasi Sofi Xanter hamrohlik qildi.
O‘sha kuni u Londonning “Barbikan” teatrida “Gamlet” spektakilidagi bosh rolni ijro etdi.