14:43 / 11.11.2015
3156

Hyundai “O‘zbekneftegaz”ga tegishli qurilish korxonasining 49 foiz aksiyasini xarid qiladi

Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering Co kompaniyasi “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi tarkibidagi “O‘zneftgazqurilishinvest” AK aksiyalarining 49 foiz aksiyalarini xarid qilishi mumkin. Bu haqda seshanba kuni O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi xabar qildi.

Hyundai va qo‘mita Janubiy Koreya kompaniyasining “O‘zneftgazqurilishinvest” AKni xususiylashtirishda ishtirok etishi borasida shartnoma imzolashdi.
“Hyundai ayni paytda neft-gaz sohasida bir qancha loyihalarni amalga oshirmoqda, shu bois qurilishga ixtisoslashgan mahalliy korxonadagi ishtirok mantiqan to‘g‘ridir”, - ta'kidladi qo‘mita vakili.

Ilgariroq Hyundai 2018 yil oxirigacha O‘zbekistonning yoqilg‘i-energetika sektorida umumiy qiymati 8 mlrd dollardan oshadigan shartnomalarni realizatsiya qilishi xabar qilingan edi.

Top