17:08 / 11.11.2015
10543

Independent: Yaqin Sharqda xristian dini butunlay yo‘qolish xavfi ostida

IShID jangarilari tomonidan boshqa din vakillariga nisbatan shafqatsizlik bilan munosabatda bo‘layotgani sababli yaqin o‘n yillikda Yaqin Sharqdagi bir qator mamlakatlarda xristian dini to‘liq yo‘q bo‘lib ketishi mumkin, deya yozmoqda The Independent nashri.

O‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, mintaqada oxirgi ikki yil ichida diniy sabablarga ko‘ra nasroniy diniga mansub kishilar soni keskin kamaydi. Ayniqsa, jangarilar faol harakat olib borayotgan Iroq, Suriya va Nigeriyada ular soni quyi darajaga tushib ketdi.

Tahlilchilar ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya singari mamlakatlardagi holat, shuningdek, turli diniy yo‘nalishdagi ekstremistlar xatti-harakatlari ham xristianlikning yo‘qolishida katta rol o‘ynamoqda.

Tadqiqotchilarning aytishicha, ayni paytda Iroqda 275 ming atrofida xristianlar hayot kechirmoqda. Ular yaqin besh yil ichida butunlay qolmasligi mumkin. Ayni paytda, qo‘shni Suriyada to‘rt yil muqaddam xristianlar soni 1,25 million nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 500 mingga qadar kamaydi.

Top