01:13 / 11.11.2015
7061

KUN.UZ dayjesti: 10 noyabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 10 noyabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Dunyodagi eng piyonista davlat nomi aytildi >>

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti o‘tkazgan tadqiqot natijalariga qaraganda, spirtli ichimliklar ichish hajmining eng yuqori darajasi Litvada qayd qilingan

Barak Obama feysbukda o‘z sahifasini ochdi>>

AQSh prezidenti Barak Obama feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini yuritishni boshladi

Ispaniyalik doktorni g‘oyib bo‘lganidan 20 yil o‘tib, Italiya o‘rmonidan topishdi>>

Ispaniyalik doktorni g‘oyib bo‘lganidan 20 yil o‘tib, Italiya o‘rmonidan tirik holatda topishdi

Saudiyada efiopiyalik enaga 3 yoshli bolaning boshini olishga harakat qilganida qo‘lga olindi>>

Saudiya Arabistonida efiopiyalik enaga 3 yoshli bolaning boshini olishga harakat qilganida qo‘lga olindi

Meksikada "Makdonalds" restorani "kalamushli gamburger" tufayli yopib qo‘yildi>>

Mexiko shtati bosh prokuraturasi 9 noyabr kuni tez tayyorlanadigan ovqatlar taqdim qilish bilan shug‘ullanadigan "Makdonalds" restoranlari tarmog‘ini yopdi. Mexiko yaqinidagi Tlalnepantle hududida joylashgan bu restoranda sotilgan gamburgerdan kalamush boshi topilgan

Toyota’ning mitti kupesiga 1.2 l li turbomotor o‘rnatiladi>>

Toyota SF-R mitti kupesining sotuvga mo‘ljallangan versiyasi 1.2 l li 4 silindrli turbomotor bilan ta'minlanadi

Olmaotada hamshira saratonga chalingan qizchani ikki hissa dori berib, o‘ldirib qo‘yay dedi>>

Olmaota shahrida o‘tkir leykozga chalingan 4 yoshli Mila Zaynidinova hamshira emlash chog‘ida uning tomirlariga dorini ikki hissa yuborgani tufayli og‘ir ahvolda muolajaga olindi

Xitoyda 18 ming nafaqaxo‘r jamoaviy raqsga tushdi>>

O‘tgan dam olish kunlari xitoylik 18 ming nafaqaxo‘r Xebey viloyatidagi Syanxe uyezdida to‘planib, jamoaviy raqs uyushtirdi

Plutonda birinchi muz vulqonlari topildi

New Horizons apparatidan yangi ma'lumotlar olishda davom etayotgan amerikalik olimlar Pluton mitti sayyorasida kriovulqonlar bor, degan xulosaga kelishdi

Shvetsiyalik sayyohlar Avstraliyada supermarket aravachasiga o‘tirib, mashina bilan to‘qnashdi>>

Shvetsiyalik ikki o‘rtoqning Avstraliyaga sayohati fojia bilan yakun topdi

AQShda 9 yashar qizchani pitbul zotli it g‘ajib tashladi>>

AQShning Long-Aylend shahrida 9 yoshli qizchaga pitbul zotli it tashlandi

Starbucks kompaniyasini qizil idishlar sabab “Isoni yomon ko‘rishda” ayblashmoqda>>

Ilgari kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan bir martalik idishlar qor uchqunlari, yulduzlar va bayramlarning boshqa ramzlari bilan bo‘yalgan edi. Gazetaning ta'kidlashicha, idishlarning hozirgi ko‘rinishi “shunchaki bayramona qizil rangda”

Indoneziyada timsohlar qo‘riqlaydigan qamoqxona qurilishi mumkin>>

Indoneziyada giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishining oldini oluvchi milliy boshqarmasi (BNN) timsohlar qo‘riqlaydigan hibsxona qurish taklifi bilan chiqdi

Daniyalik sayyoh tasodifan “muallaq” tosh topib oldi>>

Daniyalik sayyoh Mogens Eskesen tasodifan “muallaq” turgan tosh topib oldi

Chekish mumkin bo‘lgan dunyodagi ilk smartfon ishlab chiqildi>>

Elektron sigaretalar ishlab chiqaradigan Vaporcade kompaniyasi smartfon va chilim gidridini ommaga namoyish qildi

Tailandda yer yuzining eng novcha kishisi olamdan o‘tdi>>

Tailand shimoli-sharqidagi Surin viloyatida dunyodagi eng baland bo‘yli inson sifatida qayd etilgan 26 yoshli Pornchay Saosri vafot etdi. Uning bo‘yi balandligi 2 metru 69 santimetrni tashkil etardi

Britaniyalik yosh milliarder Pol Angad o‘z joniga qasd qildi>>

8 noyabr kuni britaniyalik taniqli tadbirkor va prodyuser Angad Pol jonsiz holda topildi. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, ushbu milliarder Londondagi baland qavatli binolardan biridan, 8-qavatdagi uy derazasidan pastga qulagan

Boston hukumati jamoat joyida o‘yinchoq qurollar bilan yurishni taqiqladi>>

Bostonda jamoat joylarida ko‘rinishi o‘q otar qurollarniki singari o‘yinchoqlar bilan yurish taqiqlandi

Arnold Shvartsenegger hind filmida salbiy qahramon rolida suratga tushadi>>

AQShning eng mashhur aktyori Arnold Shvartsenegger yaqin kunlarda Bollivudga yo‘l oladi

Revols bir daqiqada quloqqa moslasha oladigan quloqchin taqdim etdi>>

Revols jamoasi inson qulog‘iga mustaqil ravishda moslashuvchan quloqchin (naushnik) taqdim etdi

Miyaga birinchi marta dori ultratovush yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritildi>>

Kanadalik shifokorlar tarixda birinchi marta gemato-entsefalik to‘siqni yengib o‘tib, kimyo-terapevtik preparatni bevosita miya to‘qimalariga yubora oldi

Yaponiyalik yigit o‘z iPhone'idagi 61 belgidan iborat parolni 10 soniyada terdi>>

Yaponiya jamoat transportidagi yo‘lovchilardan biri qo‘shni yo‘lovchining o‘z iPhone'dagi 61 belgidan iborat himoya parolini 10 soniyada ochganini videoga oldi

Top