17:01 / 11.11.2015
4312

«Mersedes» yangilangan SL dizaynini namoyish qildi

Mercedes-Benz kompaniyasi yangilangan SL rodster (ikki o‘rindiqli usti ochiq yoki yopiq avtomobil) suratlarini namoyish qildi. Fotosuratlar mazkur rusumning Facebook`dagi sahifasiga joylashtirildi. Yangilangan model noyabr oyining o‘rtalarida Los-Andjyelesdagi avtosalonida taqdim etiladi.

E'lon qilingan suratdan ko‘rish mumkinki, SL kuzovining old qismi Mercedes-AMG GT superkari uslubida qariyb butunlay yangilangan. Jumladan, bamper, radiator panjarasi, kapot va asosiy optika shakli o‘zgartirilgan.
Modelning yana qaysi qismlari dizayniga o‘zgartishlar kiritilgani hozircha noma'lum. Shuningdek, rodsterning texnik tarkibida ham yangilanishlar borligi xabar qilinmadi.

Turli bozorlarga rodsterning to‘rt xil namunasi chiqarilishi aytilmoqda: SL 400 (3.0, V6, 333 ot kuchi), SL 500 (4.6, V8, 455 ot kuchi) hamda ikkita AMG-modifikatsiyalar: SL 63 (5.4, V8, 585 ot kuchi) va SL 65 (6.0, V12, 630 ot kuchi).

Top