18:06 / 11.11.2015
3416

Misr parvozlarning bekor qilinayotganidan bir oyda 273 mln dollar zarar ko‘rdi

Yevropaning bir qator davlatlari tomonidan Misrga uchishi kerak bo‘lgan aviareyslarning bekor qilingani mamlakat iqtisodiyotiga bir oy ichida 273 million dollar zarar yetkazishi mumkin. Bu haqda 11 noyabr kuni respublika Turizm vazirligi xabar qildi.

Xususan, 10 noyabr kuni Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi Sharm-ash-Sheyxga bo‘ladigan parvozlarni 16 noyabrga qadar bekor qilgan edi. Shuningdek, Fransiyaning Air France va Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyalari ham bir qator reyslarni to‘xtatdi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 31 oktabr kuni Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Airbus-321 layneri parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib halokatga uchragan edi. Mazkur samolyot bortidagi 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosining barchasi halok bo‘ldi.

Top