23:57 / 11.11.2015
3005

OAV: Eron va Iroq tabiiy gaz yetkazib berish borasida shartnoma tuzishdi

Eron va Iroq Eron gazini yetkazib berish borasida shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda ShANA agentligi.

"Tehron va Bag‘dod Eron tabiiy gazini Iroqning janubiy qismida joylashgan port shahar Basraga yetkazib berish borasida shartnoma imzolashdi”, - deyiladi agentlik bergan ma'lumotda.

Agentlikning ma'lumotiga ko‘ra, tegishli hujjatlarda Eron har kuni Iroqni 25 mln kubometr gaz bilan ta'minlashi ko‘zda tutilgan. Boshlang‘ich jarayonda 4 mln kubometr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Kelajakda har ikki tomon o‘rtasida kuniga 35 mln kubometr gaz yetkazib berish uchun shartnoma tuzish ham rejalashtirilgan.

Gaz Fors ko‘rfazida joylashgan Janubiy Pars hududidan 270 kilometrli magistral gaz quvurlari yordamida yetkaziladi. Iroqning aksariyat elektrostansiyalari tabiiy gaz bilan ishlashga mo‘ljallangan.

Top