18:24 / 11.11.2015
4314

OAV: "Real" prezidenti Peres Ronaldu va Benzema o‘rniga Neymarni olib kelmoqchi

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres "Barselona" jamoasi hujumchisi Neymarni sotib olishga taraddud ko‘rmoqda. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, "qirollik klubi" Karim Benzema va Krishtianu Ronalduni sotib yuboradi va ularning o‘rnini Neymar bilan to‘ldiradi.

Peres Neymarni uelslik Garet Beyl bilan birga kuchli juftlik qiladigan katta sport loyihasini boshlamoqchi.

Ayni paytda Neymarning transfer qiymati 190 million yevroni tashkil qiladi. Ronaldu va Benzemaning sotuvidan tushgan pulni shu maqsadda bemalol sarflanishi ko‘zda tutilmoqda.

Qayd etish joizki, Peres Neymarni 2013 yildayoq, u hali "Barselona"ga kelishidan oldin, "Santos"da o‘ynab yurgan vaqtidayoq Madridga olib kelishga urinib ko‘rgandi va uni transfer qilish uchun kataloniyaliklardan yaxshiroq taklif kiritgandi. Biroq o‘shanda Neymar "ko‘k-anorranglilar" safiga o‘tishni ma'qul ko‘rgandi.

Top