17:45 / 11.11.2015
4221

OAV: Rossiya Xalqaro valyuta jamg‘armasining Ukrainaga kredit ajratishiga to‘sqinlik qilmoqchi

Rossiya Xalqaro valyuta jamg‘armasining Ukrainaga kredit ajratishiga to‘sqinlik qilmoqchi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Agentlik suhbatdoshining ta'kidlashicha, Rossiya Ukrainani konstruktiv muloqot olib borish niyati yo‘qligida ayblamoqchi. Bundan tashqari, rasmiy Moskva Kiyevning kreditlarni qaytarish qobiliyatini shubha ostiga olishi mumkin.

Kreml hozircha Xalqaro valyuta jamg‘armasining kreditlash dasturini to‘xtatish borasida biror-bir chora ko‘rgani yo‘q.

Top