11:15 / 11.11.2015
2758

Ogayoda halokatga uchragan samolyot bortida 9 kishi bo‘lgani taxmin qilinmoqda

Ogayo shtati, Akron shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida turar-joy binosiga borib urilgan uncha katta bo‘lmagan samolyot egasining aytishicha, bortda ikki nafar ekipaj a'zosi va yetti nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Politsiya halok bo‘lganlar to‘g‘risidagi ma'lumotni tasdiqlamagan. Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib borishmoqda.

Hawker H25 samolyoti aeroportdan 2 mil uzoqlikda joylashgan uyga borib urilgan. Uyda hech kim bo‘lmagan, u bilan birga qo‘shni uy ham yonib ketgan.

Top