14:02 / 11.11.2015
30141

Oybek va Nigoraning nikoh to‘yi 21 noyabrda bo‘lib o‘tishi ma'lum qilindi

“Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora 21 noyabr kuni turmush qurishlarini ma'lum qilishdi. Ayni damda ikki yosh to‘yga tayyorgarlik ko‘rishmoqda va to‘y uchun liboslar tanlashgan. Bu haqda Kun.uz saytiga xonandalarning ma'muri ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq, Kun.uz sayti o‘zining ishonchli manbasiga asoslangan holda xonandalarning nikoh to‘yi shu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tishi haqida xabar qilgandi.

Shu vaqtga qadar ular to‘y haqidagi savollardan qochishar, o‘rtadagi rishtalarni muxlislar va xalqqa oshkor etishni istashmas edi.

Ma'lumot uchun,  Oybek Alimov 1987 yilning 8 oktabrida, Nigora Ismoilova 1988 yilning 12 sentabrida tavallud topgan. Xonandalar 2008 yilda “Nihol” mukofoti bilan taqdirlanishgan. Ular 2005 yildan buyon hamkorlik qilib kelishmoqda.

Qalampir nashri xabariga ko‘ra bu to‘y marosimi Toshkent shahridagi Versal to‘yxonasida bo‘lib o‘tadi.

Top