18:07 / 11.11.2015
3298

O‘zbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyaga 1 haftalik tashrif uyushtirdi

O‘zbekiston ekologik harakati, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi vakillaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Buyuk Britaniyada tashrif bilan bo‘lib turibdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Tashrif 8-15 noyabr kunlariga belgilangan bo‘lib, Buyuk Britaniya parlamentining tegishli qo‘mitalari, davlat va nohukumat ekologik tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar, mamlakat madaniyati va tabiati merosining qator obektlariga va qo‘riqlanadigan tabiat hududlariga tashrif ko‘zda tutilgan.

Tashrif davomida O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida «Atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik turizmni rivojlantirish: O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tajribasi» mavzusida davra suhbati ham o‘tkaziladi.

Tadbir doirasida Britaniya ekspertlari bilan birgalikda atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, ijtimoiy ekologik nazoratni amalga oshirishda jamoatchilik ishtiroki va ekologik turizmni rivojlantirishga oid masalalar bo‘yicha tajriba almashish rejalashtirilmoqda.

Top