18:12 / 11.11.2015
3899

O‘zbekiston va Tojikiston temir yo‘lchilari o‘zaro chegirmalar masalasida kelishishni boshladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik kompaniyasi o‘zining Tojikistondagi muqobil tashkiloti bilan yuk tashishda ikki tomonlama chegirmalar bo‘yicha kelishuvga erishishdi.

Tojikistonning «Xovar» monopol axborot manbasining Tojikiston transport vazirligi bergan ma'lumotga tayanib xabar berishicha, «O‘zbekiston temir yo‘llari» tashkilotga neft mahsulotlari, alyumin va alyumin kukunlarini Quduqli-Keles va Quduqli-Qoraqalpoq temir yo‘llari orqali olib o‘tishda chegirma (imtiyozli koeffitsiyent miqdori - 0,85) qilish bo‘yicha telegramma kelib tushgan.

Muzokaralar davomida Boldir va Quduqli temir yo‘li bo‘yicha koeffitsiyent (1,83) ham 2015 yilning 31 dekabriga qadar olib tashlangan.

O‘z navbatida, Tojikiston tomoni ham (0,7 va 0,85 koeffitsiyentda) O‘zbekistondan Tojikiston temir yo‘lining tranzit hududlariga (Istiqlol va Spitamen) yuk olib o‘tish bo‘yicha chegirmalar kiritilgan telegramma jo‘natgan.

Top