12:56 / 11.11.2015
5694

Rossiya terma jamoasining Yevro-2016 uchun formasi (FOTO)

10 noyabr kuni Rossiya terma jamoasining Yevropa chempionati uchun yangi formasi taqdimoti o‘tkazildi.

Bu futbolkalar "Birinchi kanal"dagi "Vecherniy Urgant" ko‘rsatuvi vaqtida namoyish qilingan.

Futbolka to‘q qizil rangda bo‘lib, unga oltin ranglardagi Rossiya gerblari ramzlari tushirib chiqilgan.

Ushbu futbolkalar terma jamoa yetakchilari Artyom Dzyuba va Denis Cherishev tomonidan namoyish qilingan.

Ushbu liboslar adidas firmasi tomonidan tayyorlangan.

Top