10:47 / 11.11.2015
4465

Siettl hokimiyati shahardagi "saqichli devor"ni yo‘q qilishga ko‘rsatma berdi

AQShning Siettl shahri hukumati shahardagi mashhur "Saqichli devor"ni yo‘q qilish haqida qaror chiqardi. Bu haqda The Seattle Times nashri xabar tarqatgan.

Turli ranglardagi saqichlar va rezinalar yopishtirib tashlangan bu devor sayyohlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda edi.

Shahar aholisi 20 yil oldin Payk-Pleys-Market bozori ro‘parasidagi oddiy devorga saqichlar yopishtirishni boshlagandi. Bu devordan o‘tgach, shahar teatri binosi joylashgan.

Shahar hokimiyatidagi amaldorlarning aniqlashicha, bu devor sayyohlar bialn birgalikda kalamushlarni ham o‘ziga jalb qilmoqda.

Shundan so‘ng, tegishli qaror qabul qilingan va maxsus xodimlar devorni saqichlardan tozalashni boshlagan. 3 kun ichida devor tozalanishi kerakligi haqida ko‘rsatma berilgan.

20 yil davomida devorga yopishtirilgan saqichlarning jami miqdori 1 tonna chiqishi mumkin.

Shaharliklar bu devorga saqichlarni asosan yurak ko‘rinishida yopishtirishni odat qilishgandi.

Top