16:57 / 11.11.2015
12365

Surxondaryolik erkak rashk ustida raqibini ketmon bilan urib o‘ldirib qo‘ydi

Surxondaryo viloyatining chekka qishloqlaridan birida eridan ajrashib, uyiga qaytgan qiz atrofida hosil bo‘lgan “muhabbat uchburchagi” ishtirokchilardan birining fojiali o‘limi bilan yakun topdi. Voqea tafsilotlari “Huquq” gazetasida keltirildi.

Aytilishicha, eridan ajralib kelgan Gulnoza qishloqdoshi Fozilga yoqib qolgan. Garchi rafiqasi va bolalari bo‘lsa ham, Fozil turli yo‘llar bilan ayolni o‘zaro munosabatlar o‘rnatishga ko‘ndirgan. Bir muddat ular uchrashib turishgan. So‘ng Fozilning ayoli bundan xabar topib, Gulnoza bilan janjallashgan. Ko‘plab mojarolardan so‘ng Gulnoza va Fozil o‘rtasidagi munosabatlar uzilgan.

Bu orada To‘ra ismli boshqa bir yigit Rossiyadan qaytib kelgan. U ham oilasidan ajrashib ketgan bo‘lib, Gulnoza bilan turmush qurishni rejalashtirgan. Bir nechta suhbatdan so‘ng qizning roziligini olgan.

Bir kuni ularni birga ko‘rib qolgan Fozil mast holda janjal ko‘targan. Dahanaki jang erkaklar o‘rtasidagi mushtlashuvga aylanib ketgan. Shunda Fozil qo‘liga ketmon olib, u bilan raqibini urib o‘ldirib qo‘ygan.
Sud hukmiga ko‘ra uzoq yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top