15:11 / 11.11.2015
2636

Turkiya qirg‘oqlari yaqinida qochqinlar qayig‘i cho‘kib ketdi va 14 kishi halok bo‘ldi

Qochqinlar mingan yana bir qayiq Turkiya qirg‘oqlari yaqinida cho‘kishi natijasida kamida 14 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning 7 nafari bolalar ekani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Frans Press nashri xabar qilgan.

Xabarda aytilishicha, bu qayin Gretsiyaning Lesbos oroliga yo‘l olgan, Egey dengizining Turkiya qirg‘oqlari yaqinidagi hududida cho‘kishni boshlagan. Sohil qo‘riqchilari qayiqning 27 nafar yo‘lovchisini qutqarib qolishgan.

"Fronteks" agentligi ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilning 1 yanvaridan 1 noyabrigacha bo‘lgan muddatda YeI chegaralarini 1,2 mln qochqin kesib o‘tgan.

Top