08:47 / 11.11.2015
5659

Hillari Klinton AQShning IShIDga qarshi urush e'lon qilishiga hali erta deb hisoblamoqda

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Hillari Klinton ayni paytda IShID terrorchilik guruhiga qarshi urush e'lon qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.   

Klintonning aytishicha, uning bunday fikrlashiga sabablardan biri IShID tomonidan solinayotgan tahdid borasida bir to‘xtam yo‘qligidir. U amerikalik faxriy harbiylar bilan uchrashganda AQSh IShID o‘zidan namoyon qilayotgan tahdidni yaxshiroq anglashi zarur, deb aytdi.   

Klinton mamlakat bunday qadamning bahosini anglashi kerak deb aytdi. “Agar sen urush e'lon qilsang, unda buni qo‘llab-quvvatlay oladigan byudjyetga ega bo‘lganing ma'qul”, deb qayd qildi Klinton.

Klintonning ta'kidlashicha, IShID bilan bog‘liq jangarilar Rossiya samolyotining Misrda falokatga uchrashiga javobgar bo‘lsa, “unda bu AQSh va boshqa davlatlarning terrorchilarga qarshi kurashga tayyorgarligini oshirishi kerak”.

Top