19:17 / 11.11.2015
2835

Yozef Blatter asab tizimidagi muammolar sababli shifoxonaga tushib qoldi

90 kun muddatga futboldan chetlatilgan FIFA prezidenti Yozef Blatter asab tizimidagi muammolar sababli shifoxonaga yotqizildi. 79 yoshli shveysariyalik mansabdorning hozirgi holati borasida aniq ma'lumotlar berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 8 oktabr kuni FIFA axloq qo‘mitasining arbitraj palatasi Blatterni o‘z lavozimidan va futboldagi faoliyatidan 90 kunga chetlashtirgandi. U bilan birgalikda UYeFA prezidenti Mishel Platini va FIFA Bosh kotibi Jyeroma Valke ham shu muddatga futboldan chetlashtirilgandi.

Shveytsariya Adliya federal byurosi 25 sentabrdan Blatterga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘agandi. Yozef pullarni o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda.

Ma'lumot uchun, Blatter FIFA prezidentligida 1998 yildan buyon ishlab kelayotgandi. Joriy yilning 29 may kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda ham u g‘alaba qozongan biroq tashkilotda korrupsiya bilan bog‘liq mojarolar paydo bo‘lgach, 2 iyunda iste'foga chiqishi ham ma'lum qilgandi.

FIFA prezidentligi uchun saylovlar 2016 yilning 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Top