09:07 / 11.11.2015
2964

Zlatan Ibrohimovich: "PSJ"da faqat bitta "boss" bor, u Zlatan!"

"PSJ" hujumchisi Zlatan Ibrohimovich o‘zining klubdagi o‘rni xususida to‘xtalib o‘tdi.

"Kim nima deyish yoki yozishi ahamiyatga ega emas. "PSJ"da faqat bitta "boss" bor. Bu, albatta, Zlatan Ibrohimovich.

Men o‘zimni "PSJ" loyihasining bir qismi deb bilaman. Men bu yerga kelganimda, barcha hozirgidek yaxshi ishlamas edi. Biz birgalikda buyuk jamoa tuzdik.

Kelajakda MLSda o‘ynashim mumkinmi? Istalgan ish yuz berishi mumkin. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman, yaxshi o‘ynayapman. 6 oydan keyin nima bo‘lishi mumkinligini hech kim bilmaydi", – deydi u Shvetsiyaning 10 karra eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlanganidan keyin.

Top