00:44 / 12.11.2015
3414

“Aqlli” soatlar qo‘ldagi buyumlarni tanishga o‘rgatildi

Karnegi-Mellon universiteti olimlari va Disney mutaxassislari odam qo‘lidagi buyum metall buyum yoki elektr asbob ekanligini aniqlay oladigan “aqlli” soatlar prototipini ishlab chiqdilar, deb ma'lum qilinmoqda Disney Research bergan bayonotda.

Odam metall buyum yoki elektr asbobga tekkanda “aqlli” soatlar buyumning turini aniqlaydi va uning nomini soat ekraniga chiqaradi. Bunda odam o‘ziga xos antenna vazifasini bajaradi.

Loyiha mualliflari ushbu ishlanmadan ma'lumotni soat ekraniga chiqarishda foydalanishni taklif qilmoqdalar. Misol uchun, agar odam ishlayotgan 3D-printerga tegsa, unda “aqlli” soat ekraniga buyumni bosib chiqarishga ketadigan vaqt haqida ma'lumot chiqariladi. Yoki mototsiklni aniqlaganda soat eng maqbul yo‘nalishni taklif qilishi mumkin.

Top