20:21 / 12.11.2015
17511

2015 yil bo‘yicha jonivorlarning eng kulgili surati e'lon qilindi

Yovvoyi dala sichqonining surati 2015 yilda jonivorlarning eng kulgili surati, deb topidi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda. Aynan mana shu surat Comedy Wildlife Photography Awards taqdimotining bosh sovriniga ega bo‘ldi.

Surat muallifi avstraliyalik Julian Reddir. U bosh mukofotni qo‘lga kiritish uchun yuzlab raqiblaridan ustun keldi. Uning suratida lunjiga yemishini to‘ldirgancha yugurib borayotgan dala sichqoni tasvirlangan edi.

Ikkinchi o‘rin britaniyalik Uilyam Richardsonga, uchinchi o‘rin esa yana bir Buyuk Britaniya vakili Oliver Draykka nasib etdi.

Top