10:17 / 12.11.2015
5736

Angren shahrida 5 o‘smir begona uy ichidan 14ta tilla buyumni olib chiqib ketdi

Angren shahrida sodir etilgan bosqinchilik haqida IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, Nasiba ismli fuqaroning uyiga 5 nafar shaxs bostirib kirib, 300 dollar, 350 ming so‘m, 2ta telefon apparati, 2ta videokamera, 1 dona fotoapparat va 14 turdagi zargarlik buyumlarini olib chiqib ketgan.
Ichki ishlar idoralar xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida jinoyat tezda fosh etildi. Bosqinchilikni 18-21 yoshlar atrofidagi angrenlik yigitlar sodir etgani ma'lum bo‘ldi.
Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top