08:51 / 12.11.2015
2995

AQShda Venesuela prezidentining ikki qarindoshi jinoyat ustida qo‘lga olindi

Amerika hukumati Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ikki nafar qarindoshini hibsga oldi. Ular mamlakat hududiga 800 kg giyohvand moddasini olib kirishda ayblanmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, jinoyatchilar Maduroning rafiqasi Siliya Floresning jiyanlari — Frank Fransisko Flores-de-Freytas va Efrein Antonio Kampo-Floreslardir. So‘nggisi, gazetaning keltirishiga ko‘ra, Nikolas Maduroning asrab olgan o‘g‘li hisoblanadi.

Ularga nisbatan yaqin kunlarda AQShga 800 kg giyohvand moddasini noqonuniy olib kirish aybi rasman qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. The Wall Street Journal nashrining ta'kidlashicha, AQSh huquq-tartibot vakillari Flores-de-Freytas va Kampo- Floreslarning AQShga narkotik modda olib o‘tish borasida suhbatlashgani videoyozuvi borligini tasdiqlamoqda. Nyu-York prokuraturasi mazkur voqeaga izoh bermagan.

Top