16:26 / 12.11.2015
2363

Bishkekda Markaziy Osiyo fitosanitariya nazorati xizmatlarining ishi muhokama qilinadi

16 va 21 noyabr kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda Markaziy Osiyo fitosanitariya nazorati milliy xizmatlari salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha submintaqaviy loyiha doirasida 2ta tadbir bo‘lib o‘tadi.

16-19 noyabr kunlari o‘quv seminari o‘tkazilib, unda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning o‘simliklar karantini laboratoriyalari xodimlari ishtirok etadi.

Praktikumdan so‘ng esa 20-21 noyabr kunlari loyihaning rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 5 mamlakatdan kelgan ishtirokchilar erishilgan natijalar borasida hisobotlar topshiradi.

Top