08:06 / 12.11.2015
2132

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha yangi komissari tayinlandi

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha yangi oliy komissari etib italiyalik Filippo Grandi tayinlanadi, deb xabar bermoqda BMT bosh kotibi Pan Gi Munning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

“BMT bosh kotibi tashkilotga a'zo davlatlar mintaqaviy guruhlari raislari bilan maslahatlashuvlar natijalariga ko‘ra Bosh assambleyani italiyalik Filippo Grandini BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha yangi oliy komissari etib tayinlashi haqida xabardor etdi”, deb aytdi Dyujarrik.

Grandi 2010-2014 yillar davomida falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligi bosh komissari lavozimini egallagan.

Top