18:03 / 12.11.2015
8309

Bolalar semizligi kambag‘allar kasalligi deb tan olindi

Shifokorlar ota-onasi kambag‘al bo‘lgan bolalar ko‘p hollarda semizlikdan aziyat chekadi, deya ma'lum qilishdi. Bu borada o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi Preventive Medicine jurnalida chop etildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda taxminan 42 million go‘daklar, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar semizlik yoki ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda. Ular miqdori har yili muntazam ravishda oshib bormoqda va 2025 yilga kelib bunday bolalar soni 70 million nafardan ortadi.

Monreal (Kanada)dagi Konkordiya universiteti olimi Layza Kakinami (Lisa Kakinami) va uning hamkasblari bolalar semizligi epidemiyasining bunday ravojlanishining ehtimoliy sabablarini o‘rganar ekan, ota-onalar tomonidan olib boriladigan tarbiya usullari ham ortiqcha vazn to‘plashga olib kelishini aniqlashdi.

Olimlar umumiy miqyosda 37 ming kanadalik bolalar va ota-onalarining oilaviy hayotini sinchiklab o‘rganib, ular farzandi yeyishni istayotganini anglash salohiyati va bola parhezini nazorat qilish darajasi mezonlari bo‘yicha to‘rtta toifaga ajratildi.

Dastlab Kakinami va uning jamoasi ota-onalarning daromadi hamda ijtimoiy holati bolalarining vazni va parhezi borasidagi tarbiya uslublariga kuchli ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini taxmin qilgan edi. Ammo ular dastlabki natijalarni tahlil qilar ekan, oiladagi moddiy ta'minot farzandlar, ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalarning semizlikka moyilligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir ko‘rsatuvchi omil ekanini aniqlashdi.

Ma'lumotlar tahlili rasman kambag‘allik chegarasida hayot kechirayotgan oilalarning maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalarining qanchalik qat'iy tarbiya qilishlaridan qat'i nazar, o‘ziga to‘q oilada voyaga yetayotgan tengdoshlariga qaraganda 20 foiz ko‘proq semizlikka duch kelishini ko‘rsatdi.

Top