18:57 / 12.11.2015
2685

Yevropa Ittifoqi va Afrika mamlakatlari migratsiya borasida harakat rejasini qabul qildi

Yevropa Ittifoqi va Afrika mamlakatlari migratsiya inqiroziga qarshi kurash harakatlari qo‘shma rejasini qabul qildi. Bu haqda Valettada o‘tgan Yevropa Ittifoqi—Afrika sammiti so‘nggida YeI kengashi vakili ma'lum qilgan.

"Sammit qatnashchilari migratsiya inqiroziga qarshi kurash rejasi va bayonotini qabul qildi”, - dedi u.

Yevropa Ittifoqining Afrika fondiga yo‘naltirilgan yordam hajmi 1,8 mlrd yevroni tashkil etadi. YeI rahbari Donald Tuskning ma'lum qilishicha, bu summaning qiymati yanada oshiriladi.

Shuningdek, Tusk shuni alohida ta'kidladiki, YeI ichidagi Shengen qoidalari nazoratini oshirishsiz bu narsaga erishib bo‘lmaydi.

Top